alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KEKSA AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

19:00 07.10.2022

Maʼlumki, respublikamiz boʻylab oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” sifatida oʻtkazilmoqda. Shu bois Andijon davlat tibbiyot institutida ham viloyat Nuroniylar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda nuroniylar boy hayoti va kasbiy tajribalari bilan yosh avlod vakillari  “Kasbim – faxrim” mavzusida keksa avlod vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda institut rektori M.Madazimov, Nuroniylar jamgʻarmasi raisi Oʻ.Ohunov ishtirok etdi.

Tadbir davomida institutimizda bir necha yillar davomida samarali faoliyat olib borgan, talabalarga maʼnaviy-maʼrifiy va tibbiy bilimlarni bergan ustoz professor-oʻqituvchilar oʻzlarining tajribalari, yillar davomida erishgan yutuqlari, shogirdlarining bugungi kundagi muvaffaqiyatlari borasida soʻzlab, talabalarni fidoyi shifokor boʻlishlari, bu borada oʻrganish va izlanishda bardavom etishlari xususida toʻxtalib oʻtdilar. Oʻz oʻrnida talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga faxriylardan javob oldilar.

Tadbir soʻnggida institut Kasaba uyushmasi hamda Nuroniylar jamgʻarmasi tomonidan ustozlarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!