alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KELGUSIDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

17:15 10.09.2021

KELGUSIDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Respublika oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy (oflayn) taʼlim asosida oʻqishlar boshlanishi hamda talaba-yoshlar yana qaynoq hayot bagʻriga qaytganligi munosabati bilan talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari yakunlanib, unda yoshlarning yaxshi yashashlari uchun yaratilgan sharoitlarni tahlil etish hamda kelgusida talabalar turar joylarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar turar joylaridagi holat oʻrganildi.

Andijon davlat tibbiyot institutida 710 oʻringa moʻljallangan 3 ta talabalar turar joylari mavjud.  Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib,  qoʻshimcha 198 ta oʻrin tayyorlandi va jami 908 ta oʻrin yaratildi. Oʻrganish chogʻida prorektorlar M.Botirov, Z.Mamajonov, talabalar turar joylari mudirasi M.Jumaboyevalar ishtirok etishdi. Talabalar turar joyida talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, nogiron talabalar uchun tayyorlangan maxsus xonalarning holati, hattoki, talabalarning oshxonadan toʻgʻri foydalanishlari uchun oshxona alohida binoda qilinganligi, talabalarning osh damlashlari uchun oʻchoq qozonlargacha oʻrnatilganligi koʻrib chiqildi. Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!