alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KIM ENDOKRINOLOG BO‘LMOQCHI?

15:48 27.04.2022

Buni Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari albatta xohlashadi. Buning uchun esa sohani mukammal o‘rganish kerak. Davolavsh fakultetining 4-bosqich talabalari bu borada ko‘proq izlanishga astoydil bel bog‘lashgan.

Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasidagi darslar o‘yin va mashg‘ulotlar asosida o‘tkaziladi. Bu esa talabalarni harakatchanlik, zukkolik va chaqqonlikka undaydi.

Navbatdagi ochiq darsda endokrinologiya sohasiga innovatsion yondashildi. Ya’ni talabalar darsda Insulin terapiyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan videolavhalari va bellashuvlari bilan ishtirok etdilar.

“Kim endokrinolog bo‘lmoqchi?”, “Aginator” kabi o‘yinlar, krossvord, rebus kabi aqlni charxlovchi mashqlar mavzuni o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Talabalar ikki jamoaga bo‘lingan holda savollarga javob berdilar. Ularni Davolash fakulteti dekani B.Mamatov hamda kafedra mudiri Sh.Yusupova baholab bordi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!