alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KITOBXONLIK HAFTALIGI BOSHLANDI

15:02 18.04.2022

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi axborot-kutubxona markaziga viloyatimizning barcha ijod ahli va kitobsevarlar jam bo‘ldi. Boisi  “Kitob moziy darakchisi, bugungi kun tarbiyachisi va murabbiysidir” mavzusidagi kitobxonlik haftaligiga start berildi.

Unda markaz direktori G.Ismailova, viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari X.Qo‘chqarova hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari M.O‘lmasov, psixolog O‘.Arziqulov, tyutor M.Mamajonova hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar markaz faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Shuningdek, haftalik doirasida turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi va yangi adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati bo‘lishini ta’kidladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!