alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Klinik ordinatura mutaxassisligida taxsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi davlat byudjetidan qoplab berilishi haqida Hurshid Daliyevga kelgan murojaatga Andijon davlat tibbiyot instituti axborot xizmatining rasmiy munosabati

12:52 27.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-sonli “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanishi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi, shuningdek, olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinishi belgilab berilgan. Biroq mazkur qarorda klinik ordinaturada taxsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakti davlat byudjetidan qoplab berilishi haqida hech qanday ma’lumotlar kiritilmagan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida 2022-2023-o‘quv yilidan magistratura mutaxassisliklarida taxsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi davlat byudjetidan qoplab berilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Biroq mazkur Farmonda ham klinik ordinaturada taxsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakti davlat budjetidan qoplab berilishi haqida hech qanday ma’lumotlar kiritilmagan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!