Andijon davlat tibbiyot instituti patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasida kafedra xodimlari va davolash fakultetining 307- va 310-guruh talabalari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan «Konstitusiyamizni yaxshi bilasizmizmi?» mavzusida viktorina o’tkazildi. Tadbir ochilishida kafedra mudiri, dosent A.R.Mamataliev har bir davlatning konstitusiyasining o’zigà xos jihatlari, tarixi haqida qisqach ma’lumot berdi.
Kafedraning ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo’yicha ma`suli D.Q.Chartaqov talabalar o’rtasida savol-javoblarni qiziqarli, munozaralar bilan olib bordi. Savol – javoblarda davolash fakul’tetining 307-gurux talabalari Dilyora Hatamova, Abduhodi Abdumalikov va Adhamjon Isakovlar g’olib deb topilib va ularga esdalik sovg’alari topshirildi.
Tadbir davomida «Konstitutsion huquq» o’qutuvchisi Kamola Alievaning ma`ruzasi tinglandi.
Tadbir yakunida kafedra mudiri, dosent A.R.Mamataliev, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mutaxassisi Ra’nohon Usmonovalar tadbir tashkilotchi va qatnashchilariga minnatdorchilik bildirdi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasini yaxshi bilishimiz zarurligini ta’kidladilar.
B.Razaqov,
ADTI patologik anatomiya va sud tibbiyoti
kafedrasida o’qituvcgsi