alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Konstitutsiya – baxtimiz qomusi"

11:24 09.12.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti hafta avvalida o‘tkaziladigan an’naviy “Shukronalik” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlandi. Institut asosiy binosida o‘tgan “Shukronalik” tadbiri M.M.Qo’ziboyeva rahbarligidagi Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasida mas’ulligida o‘tdi.

Tadbirda o‘z olganlar Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlaganligi haqida so‘z yuritdilar. O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks etgan.

Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etgan.

ADTI Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi tomonidan  o’tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, talabalarga yangi haftada ham yaxsh kayfiyat hamrohligini tiladi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli X.M.Sapiohunova, katta o’qituvchilar U.M.Sodiqova va R.S.Xojimatovla «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» mavzusida ma’ruza qilib o’tdi.

Davolash fakultetining dekani,dotsent Bahtiyorjon Mamatov va kafedra mudiri, dosent S.M.Babich talabalarga o’quv dasturidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi, 22-dekabrda o’tkaziladigan sayloyda uyushqoqlik bilan qatnashish haqida o’z fikrlarini bildirdilar.

Institut 2-o‘quv binosida «Shukronalik» tadbiri mikrobiologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Tadbir Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ishtirokchilar bosh qonunimiz har birimizning ta’lim olishimizni, salomatligimizni saqlash, mehnat qilish, ijtimoiy himoyalanishimizni kafolatlashi, Konstitutsiyamiz porloq kelajagimiz uchun asos ekanligi xususida fiklar bildirishdi.

Madhiyamiz jonli ijro etilgan «Shukronalik» tadbirlari har bir ishtirokchiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashi bilan birga, yangi-yangi yutuqlar sari undamoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!