alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR-INSON QADRI UCHUN” MAVZUSIDA O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

16:41 17.03.2023

Ma’lumki, joriy yilning 30-aprel kuni Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqelik – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi qaroriga asosan referendum o‘tkaziladi.

 

Shu munosabat bilan bugun, 17-mart kuni “Adolat” Sotsial demokratik partiyasi (SDP) Andijon viloyat kengashi tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutida “Konstitutsiyaviy islohotlar-inson qadri uchun” mavzusidagi o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda partiyaning viloyat kengashi faollari, shahar va tuman kengashlarining raislari, BPT yetakchilari, “Yosh adolatchilar” va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan oshib berdi va yangilanayotgan Konstitutsiyamizda “Inson qadri uchun” g‘oyasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani, ilgari amal qilib kelgan “davlat- jamiyat-inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, yaʼni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilganligi haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, “Adolat” SDP Siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonovning kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzasi eshitildi. Maʼruzada taʼkidlanganidek, har sohada yangilanib borayotgan yangi O‘zbekiston hayotida bu katta ahamiyatga ega. Yaqin bir yil davomida asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasi jamoatchilikning takliflarida o‘z tasdig‘ini topdi. Endi umumxalq muhokamasi natijasida maromiga yetkazilgan qonun loyihasi referendum yo‘li bilan qabul qilinadi.

 

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan “Adolat” SDP Qo‘rg‘ontepa tuman kengashi raisi F.Siddiqova, Andijon davlat tibbiyot instituti magistranti, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi I.Bektoshev ham Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar qonun loyihasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Jamoatchilik orasida amaldagi qonunchilik asosida referendumni o‘tkazilishi, fuqarolarning unda ishtiroki bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!