alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KOREYA DELEGATSIYASI INSTITUTIMIZDA

19:59 15.07.2022

Koreyaning Milliy Transport institutining Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Dong Min Shin boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat delegatsiya Andijon davlat tibbiyot institutida boʻldi.

Tashrif avvalida delegatsiya bilan institut rektori M.Madazimov uchrashuv olib bordi va kelajakdagi hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi. Unda institutimizda “Parameditsina” qoʻshma taʼlim loyihasini amalga oshiriish boʻyicha ishchi guruh tuzish va ish jarayonlarini rivojlantirish boʻyicha fikr-mulohalar oʻrganildi hamda bu borada kelishib olindi.

Uchrashuvdan soʻng institut talabalari va Favqulodda vaziyatlar xodimlari ishtirokida favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi yordam koʻrsatish va unda Koreya tajribasi boʻyicha master-klasslar olib borildi. Shuningdek, delegatsiya Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Koʻp tarmoqli bolalar kasalliklari shifoxanasi ish jarayonlari bilan tanishdilar.

Bu hamkorlik har ikki oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga, tajriba almashish uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!