alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORONAVIRUS INFEKSIYASI: TIBBIY AMALIYOTDA DIAGNOSTIKA VA DAVOLASHNING DOLZARB MASALALARI” XALQARO ISHTIROKDAGI ILMIY AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TMOQDA

12:14 28.04.2022

Andijon Hamkor biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon davlat tibbiyot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Koronavirus infeksiyasi: tibbiy amaliyotda diagnostika va davolashning dolzarb masalalari” xalqaro ishtirokdagi ilmiy amaliy konferensiya boshlandi. 3 kun davom etadigan mazkur konferensiya offlayn va onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.

Bugun konferensiyaning ochilish marosimimda Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “O‘zbekistondagi ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasi rahbari Cornelia Becker, Respublika tibbiyot xodimlarini malakasini rivojlantirish markazi ultratovush diagnostikasi kafedrasi professori A.Fozilov, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri G.Yusupaliyeva, ADTI Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti N.Xakimov so‘z oldi. Unda ishtirokchilar bugungi kunda vaksinatsiya jarayonlari ommalashgani bois koronavirus xavfining biroz kamaygani, biroq uning yangidan yangi shtammlari paydo bo‘layotgani, kasallikni davolashda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishg, jahon tajribasi bilan o‘rtoqlashish kabi mavzularda fikr almashdilar.

Plenar majlislardan so‘ng konferensiyada lirik chekinish bo‘ldi. Institutimizning chapdast yigitlari “Andijon polkasi”ning 100 yilligiga bag‘ishlab betakror polka raqsini mahorat bilan ijro etdilar.

Konferensiya davom etmoqda. Hozirda turli kasalliklarda koronavirus infeksiyasini kechish jarayonlari, bemorlarni davolash usullari, bolalar va homilador ayollarga infeksiyaning yuqish yo‘llari va profilaktikasi, davolash choralari borasida dunyoning va respublikamizning yetakchi mutaxassislari ma’ruzalar olib borishmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, konferensiya 3 kun davom etib, “Ayollar va bolalar salomatligi: ultratovush multiparametrik innovatsion texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish – hozirgi davr talabi”: Sut bezlari multiparametrik ultratovush tekshiruvi hamda Qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari multiparametrik ultratovush tekshiruvlari mavzularida seminar va mahorat darslari o‘tkaziladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!