alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSIYA – UMR ZAVOLI

13:14 24.02.2021

Korrupsiya dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, dolzarb masalalar qatoridan o‘rin egallagan.
Andijon Davlat tibbiyot institutida ham korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida turli tadbirlar tashkil etib boriladi. Institut klinikasida o‘tkazilgan “Korrupsiya – umr zavoli” mavzusidagi davra suhbatida institutning professor o‘qituvchilari, talabalari, klinikaning shifokor mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdurahmon Abduhalimov ishtirokchilarni mehmonlar bilan tanishtirdi. Bosh prokuratura huzuridagi deportamentning viloyat boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Abdusattorov hamda boshqarma bo‘limi boshlig‘i Bunyodbek Mamasoliyev korrupsiyaning turlari, uning oqibatlari, ayniqsa mazkur salbiy illatning yoshlar hayotiga rahna solishi, kelajagini poymol qilishi xususida tushunchalar berib o‘tdilar.

Korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan holatda pora beruvchi va oluvchi ham O‘zbekiston Respublikasining qonunlari oldida teng javobgarlikka tortilishi borasida ma’lumotlar berildi. Mavzu mazmuni aks etuvchi videoroliklar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan kerakli javob oldilar.


 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!