“KORRUPSIYA  VA VIRTUAL OLAMNING YOSHLARGA  TA’SIRI” MAVZUSIDA  DAVRA SUHBATI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

              Andijon davlat tibbiyot institutida «Korrupsiya va virtual olamning yoshlarga ta’siri» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatini institut rektori M.Madazimov ochib berdi.

       Shundan so‘ng, fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi sho‘’ba mudiri A.Mamayusupov  boshqarib bordi.

       Davra suhbatida Viloyat IIB  huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Mamirjonov, Viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Q.Ergashev, diniy idora vakili M.Alimovlar dolzarb mavzuga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

       Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatchilik, huquqbuzarlik  holatlari bo‘yicha ma’lumotlar berdilar. Jumladan, internet va virtual olamning yoshlar ongiga ta’siri, terrorizm, yoshlar o‘rtasidagi turli jinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanmaslikning ayanchli oqibatlari, ekstremistlarning aldovlariga uchib o‘zga yurtlarda sarson-sargardon yurgan, adashgan fuqarolarning hayoti to‘g‘risida fikr yuritdilar.

       Davra suhbatida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, barcha kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  mas’ullari, guruh murabbiylari, ARM xodimlari  va  talabalar qatnashdilar.

        Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbir yakunida   mehmonlar yurtimizdagi tinch va osoyishta hayot, fuqarolarning sog‘-salomat va farovon turmush kechirishlari uchun mamlakatimizda katta e’tibor qaratilayotganligi alohida e’tirof etdilar. Bunga javoban hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘zlarining halol  va fidokorona mehnati, o‘qishi, har sohada chuqur bilim egallashlari bilan Vatanimiz taraqqiyoti va rivojiga munosib hissa qo‘shishlari ta’kidladilar. Shuningdek, bugungi tadbirda  ishtirok etgan talaba-yoshlar, mutaxassislar  dolzarb mavzudagi ma’lumotlarni faol targ‘ibotchisi bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

       Davra suhbati mazmunli, savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

132