KORRUPSIYaGA QARShI KURASh – DOLZARB MASALA

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 21- iyun kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb masala”  mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini  institut yoshlar masalalari bilan ishlash bo‘yicha  prorektor P.Asxanov ochib, bugungi  kunda oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan  qabul jarayonlari, unda shaffoflik, oshkoralik  va adolatlilik tamoyillariga amal qilish   bunda har bir xodim, professor-o‘qituvchi yoki talaba hushyorlik va  xolislik bilan ish tutishi  lozimligi xususida gapirib o‘tdi. So‘ngra   shu mavzuda  suhbat o‘tkazish uchun tashrif buyurgan  mutasaddi  tashkilot vakillarini tanishtirdi.

Suhbat chog‘ida Iqtisodiy jinoyatchilikkka  qarshi kurashish  departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i    Muhammadjon Nurdinov ,  mazkur boshqarma tezkor bo‘limi  boshlig‘i Farhodbek  Tolipovlar so‘zga chiqib, viloyatimizda   2019 -yilning o‘tgan davri mobaynida  viloyatimizda sodir bo‘lgan   korrupsiyaga oid jinoyatchilik holatlari, ularni oldini olish, adolatli va halol bo‘lish – tinch va osoyishta  hayot  manbai ekanligini ta’kidladilar.

Yig‘ilish qatnashchilari nomidan  professor  Yu.Egamov so‘z olib,   jamoada bunday noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vijdonan pok bo‘lib, har bir jabhada   odilona ish tutish  ishimizning asosiy mezoni bo‘lib qolishi to‘g‘risida  qat’iy fikr bildirdi.

180