alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA KOMPLAYENS NAZORAT TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI TOMONIDAN PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

12:20 19.06.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan kafedralarda bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlarini shaffof o‘tkazilishini ta’minlash, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokida profilaktik suhbatlar muntazam ravishda tashkil qilib kelinmoqda.

Joriy yilning 19-iyun kuni ham ilmiy kengashlar zalida Magistrtura bosqichi bitiruvchgilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari oldidan ham shu kabi profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Unda tadbir qatnashchilariga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga to‘siq ekanligi, uni oldini olishda barcha birdek faol bo‘lishi muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Qayd etilganidek, korrupsiya davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladi. Inson huquq va erkinliklarini buzadi.  Davra suhbatidan so‘ng bo‘lim xodimlari tomonidan barcha imtihon jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!