alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ MUNOSABATDA BOʻLAYLIK!

18:26 09.12.2022

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida prorektorlar, fakultet dekanlari va uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, boʻlim xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tergovchisi N.Odilov, viloyat Adliya boshqarmasi boʻlimi boshligʻi A.Gʻulomjonov, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Asqarov, rektor maslahatchisi X.Zokirov  soʻz oldilar.

Yigʻilish davomida mutaxassislar korrupsiya, uning kelib chiqish sabablari, turlari, omillari, yurtimizda korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilayotgan chora-tadbirlar, mazkur illatga daxldor boʻlgan har bir shaxs qonun oldida birdek javob berishi muqarrarligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdilar.

Tadbir davomida mavzu borasidagi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!