alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Koshitsa universiteti professorlari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar

18:12 06.05.2019

2019-yil 6-may kuni Slovakiya davlati Pavel Jozef Safarik nomli Koshitsa universiteti professorlari  Slavka Tomascikova  va Renata Timkovalar  Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Slovakiyalik mehmonlarni institut foyesida Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari va talabalar guldastalar bilan tantanali kutib oldilar.

Dastlab mehmonlar institut Kengashlar zali hamda ma’ruzalar zallari bilan tanishdilar. Xalqaro hamkorlik bo‘limida  slovakiyalik professorlar bilan bo‘lim boshlig‘i K.Salohiddinov, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari I.Matveeva, M.Qo‘ziboeva, G.Daminova, magistratura kardiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi I.Mo‘minovlar o‘rtasida institut to‘g‘risida, hozirgi kundagi o‘quv jarayoni, tashrif davomida amalga oshiriladigan ishlar xususida qiziqarli va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek,  Slavka Tomascikova  va Renata Timkovalar institut simulyatsion o‘quv markazi, Axborot-resurs markazi hamda Anatomiya OJTA kafedrasi muzeyi,  Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasining o‘quv xonalarida bo‘lishib, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.





Slovakiya davlati Pavel Jozef Safarik nomli Koshitsa universiteti professorlari  Slavka Tomascikova  va Renata Timkovalar  institut kengashlar zalida ma’ruza o’qidilar.

Slovakiyalik professorlar bir necha kun Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasida tibbiyot sohasida ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mahorat darslarini olib boradilar, hamkasblari bilan  o‘zaro fikrlashib,  tajriba almashadilar.

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!