alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZISH YUZASIDAN DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

13:17 21.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Kuz-qish mavsumini betalofat  o’tkazish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo’linmasidan podpolkovnik A.Ahmatov, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasidan podpolkovnik O.Toshtemirov ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi va bugungi mavzu barcha uchun birdek muhim ekanligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, so’z olganlar talabalar bilan erkin, hayotiy misollar yordamida suhbat olib bordilar. Hayotiy voqealar bilan is gazidan zaharlanish, isitish vositalariga e’tiborsiz bo’lish, ulardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etmaslikning salbiy oqibatlari haqida talabalarga aytib, batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, mavsumni talofatlarsiz, sog’-omonlikda o’tkazish yuzasidan muhim tavsiyalar bilan o’rtoqlashdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!