alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MАRHАMАT TUMАNIDА SOGʼLOM TURMUSH TАRZI TАRGʼIBOTI OʼTKАZILDI

16:40 23.07.2021

MАRHАMАT TUMАNIDА SOGʼLOM TURMUSH TАRZI TАRGʼIBOTI OʼTKАZILDI

Bugungi kun ertalabki soat 10:00 holatiga koʼra Аndijon viloyatida karonavirusga qarshi emlangan soni 663 635 dozani tashkil qilmoqda. Mazkur koʼrsatgichning ortishi aholi oʼrtasida tibbiy savodxonlikning kuchayayotganidan dalolat albatta. Аndijon davlat tibbiyot institutining talabalari ham bu borada samarali ishlar amalga oshirib kelmoqdalar. Ularning bu galgi volontyorlik tadbirlari Marhamat tumanida oʼtkazildi.

Tadbir “Qoʼrgʼoncha”, “Yangilanish” MFYlaridagi, Gʼallakor, Bahoriston, Bogʼcha, Oʼzbekiston koʼchalarida davom etdi. Talabalar aholi bilan birma-bir suhbat olib bordilar. Ularning sogʼlom turmush tarziga rioya qilish, toʼgʼri ovqatlanish, karantin qoidalariga amal qilish borasidagi fikrlari bilan oʼrtoqlashdilar. Shuningdek, faqat vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etibgina kasallikka qarshi kurasha olishimiz mumkinligi, nojoʼya taʼsirlar sezilganda tushkunlikka berilmay, oilaviy poliklinikalarga murojaat etish lozimligi toʼgʼrisida maslahat va tavsiyalar berib oʼtdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!