alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Magistratura mutaxassisliklariga qo’shimcha qabul bo’yicha hujjatlarni qabul qilish boshlandi

16:08 09.11.2021

2021/2022-o‘quv yilida ta‘lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni oliy ta‘lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari xususiyati, mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibini hisobga olib, ballar ketma-ketligiga qat‘iy amal qilgan holda, ularning yozma arizalariga muvofiq miqdori oliy ta‘lim muassasasi tomonidan  mustaqil belgilanadigan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirib, mutaxassislik fanidan 40 ball va undan yuqori ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qo‘shimcha qabul  bo‘yicha ariza bilan Andijon davlat tibbiyot instituti qabul komissiyasiga murojat qilishlari mumkun.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!