alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAGISTRLIK DIPLOMI MUBORAK, BITIRUVCHI YOSHLAR!

12:45 06.07.2022

Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish bir baxt bo‘lsa, oliygohni bitirib, mutaxassislik diplomini olish esa katta baxt. Magistratura yo‘nalishini tamomlash esa ikki karra quvonch degani. Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti magistratura yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari ana shunday shodiyona kunni nishonlashdi. 29 ta mutaxassislik bo‘yicha 143 nafar bitiruvchi talaba endi shifokor bo‘lib faoliyat olib boradilar.

Marosimni institut rektori M.Madazimov ochib berdi va tabrik so‘zida xalqimizga malakali xizmat ko‘rsatishlarida omad tiladi. Shundan so‘ng barcha bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali topshirildi. 11 nafar iqtidorli yigit-qizlar va ularning ota-onalariga  institut rektorining tashakkurnomalari  ham taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirdan so‘ng Farg‘ona viloyatidan kelib taxsil olgan bitiruvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari direktori O.Umarov ishtirok etib, viloyatdagi bo‘sh ish o’rinlari bilan tanishtirdi. Bitiruvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlanishlari, ishlash sharoitlari, ilmiy ishlarni davom ettirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!