alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAKTAB BITIRUVCHILARI UCHUN INSTITUTGA EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI

16:55 29.03.2024

Bugun, 29-mart kuni Andijon tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari uchun Andijon davlat tibbiyot institutiga ekskursiya tashkil etildi.

O‘quvchilar mas’ullar tomonidan kutib olindi va dastlab institutning tashkil topishi, fakultetlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, Akademik litsey, texnikumlar va maktablarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘limi tomonidan o‘quvchilar ta’lim jarayonlari, talabalarning erishayotgan yutuqlari bilan tanishtirildi. Institutning Axborot resurs markazidan o‘rin olgan ilmiy, badiiy, tibbiyot soxasida oid adabiyotlar, elektron kutubxona tizimi haqida markaz xodimlari batafsil tushunchalar berdi.

Simulyatsiya markazidan joy olgan zamonaviy tibbiy jixozlar talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda yana-da muhim ekanligi haqida aytib o‘tildi va amaliyotda namoyish etildi.

IT markazi ham zamonaviy tarzda jixozlangan bo‘lib, mutaxassis ulardan tez va samarali foydalanish haqida tanishtirib o‘tdi.

Institutda tashkil etilgan Anatomiya muzeyi o‘quvchilarning hayratiga sabab bo‘ldi. Ustozlar muzey bilan yaqindan tanishtirib, bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!