alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Maktabda kitobxonlik

17:42 31.01.2020

Andijon Davlat tibbiyot institutining ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi xodimlari tomonidan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoeyvning taklifi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumani XTBga qarashli 53-sonli maktabda  «Kitob – aql ko‘zgusi» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda «Kitob insonga eng yaqin suhbatdosh», «Kitob ruhiyatga, qalbga nur bag‘ishlaydi», «Men kitob o‘qib, mushohada va mulohaza qilishga o‘rgandim», «Kitob – odob», «Kitob insonni ulg‘aytiradi » mavzularida maruzalar o‘qildi.

Kafedra mudiri, dotsent R.N.Yuldashev kitobni tarbiyadagi o‘rni xakida, kafedra professori Odiljon Saloxiddinov manaviy barkamollik, intellektual salohiyat, dunyoqarash, saviyaning yuksalishi, bir so‘z bilan aytganda, komillik pog‘onasiga faqat va faqat kitob orqaligina erishish mumkinligini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi.

Tadbir davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan taniqli shoirlar sherlaridan namunalar o‘qidilar.

Tadbirga maktab direktori D.Rashidov yakun yasab, maruzalar maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarida katta  taassurot qoldirgani va shunga o‘hshash tadbirlarni yana o‘tkazib xamkorlik qilib borilishini aytdi.

Z.Yunusova

ADTI IKP kafedrasi katta o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!