alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANI 31-OILAVIY POLIKLINIKADA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

17:37 29.07.2023

Joriy yilning 29-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutining 13 nafar malakali mutaxassislari tomonidan Marhamat tumani 31-oilaviy poliklinikada aholi vakillari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muassasada 3-4-guruhga kiritilgan 200 nafardan ortiq fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, yotib davolanishi lozim bo‘lgan 6 nafar bemor viloyat va 9 nafar bemorlarga tuman tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 21 nafar fuqarolarga bepul dorilar tarqatildi. Qolaversa, joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 4-guruhga kiritilgan 3 nafar fuqarolarni mutaxassislar uylariga borgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kerakli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikka kelgan aholiga tibbiy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik bo‘yicha tushunchalar berildi. Patronaj hamshiralar ishlarini tashkil etish, kunlik meʼyor va ishni tashkil etish bo‘yicha hamshiralarga seminar o‘tib berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!