alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA ADIBLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILADI

13:29 27.04.2024

Joriy yilning 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida mamlakatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Uchrashuv mehmonlari:

Ahmadjon Meliboyev – “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya aʼzosi.

Zuhriddin Isomiddinov – adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy akademigi.

Davron Rajab – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv shu kuni institutning asosiy binosida soat 11:00da boʻlib oʻtadi.

Manzil: Andijon shahri, Y.Otabekov ko’chasi, 1-uy.

Barcha talaba-yoshlarimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!