alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MASOFAVIY O‘QITYOTGAN 2-BOSQICH TALABALAR BILAN VIDEOKONFERENSALOQA

16:10 21.04.2021

Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M. Madazimov masofaviy ta’lim olayotgan 2-bosqich talabalari bilan videokonferensaloqada suhbat olib bordi. Unda asosan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Suhbat davomida institut rektori talabalarga jamoat joylarida karantin qoidalariga to‘liq amal qilishlari, bo‘lg‘usi shifokor sifatida o‘zi yashayotgan mahalla aholisi bilan suhbat jarayonlarida gigiyena qoidalariga rioya etishni targ‘ib qilish, onlayn dars jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, o‘qituvchilarga darslarda ishtirok etmayotgan talabalarni alohida nazoratga olishlari, har bir onlayn darslarni muntazam olib borishlari lozimligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi. Stomatologiya fakultetining 2-bosqich talabasi Muzaffar Islomov, kasbiy ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Ma’mura Odiljonova, Davolash ishi yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Abdulazizxon Murodjonov kabi talabalarning “An’anaviy o‘qishga o‘tsak bo‘ladimi?”, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan chet elda o‘qishimiz uchun qanday imkoniyatlar bor?” kabi savollariga rektor va o‘qituvchilar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!