alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MEHRINOZ KOMILOVA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORI

12:46 04.03.2021

Yosharish va yangilanish fasli gul qizlarimiz uchun omadli keldi. Erta tongdan yoqimli xushhabar barchamizni hushnud qildi. Andijon davlat tibbiyot instituti magistraturasining akusherlik va ginekalogiya mutaxassisligi talabasi Mehrinoz Komilova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Komilova (O‘rinboyeva)  Mehrinoz  Oybekjon qizi 1994-yil  25-iyunda Andijon viloyatida tug‘ilgan. O‘quv dasturidagi fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirishi bilan birga tibbiyot sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tibbiyotga oid  2 ta patent, 1 ta elektron uslubiy qo‘llanma, 1 ta ilmiy-ommabop kitob, 1 ta amaliyotga tatbiq, 9 ta ratsionalizatorlik taklifi, chet el ilmiy-amaliy jurnallarida 7 ta (AQSh, Rossiya, Ukraina davlatlarida), respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 7 ta ilmiy maqola, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida 40 dan ortiq tezislari chop ettilgan. 2 ta innovatsion loyihasi uchun Star up tanlovlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan.  Andijon davlat tibbiyot instituti dotsentlari O. Yuldasheva va F. Nosirovalar  ilmiy rahbarligi ostida “Isiriq va yalpizli malhamlar qo‘llash  orqali homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini oldini olish usuli” mavzusida ilmiy ish, amaliy tadqiqotlar hamda keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan “Isiriq va yalpizli malhamlar qo‘llash yordamida tug‘ruq asoratlarini oldini olish usuli” deb nomlangan № DGU 05131) hamda 2019-yilda “Yangi jarrohlik retraktorning prinsiplari” № DGU 2019 1523 raqamli patentlar egasi bo‘lgan.

2018-yilda Andijon davlat tibbiyot institutida Ukrainaning Xarkov milliy tibbiyot universiteti bilan birgalikda o‘tkazilgan “Актуальные  проблемы экспериментальной и клинической  биохимии” (“Eksperimental va klinik bioximiyaning dolzarb muammolari”) mavzusidagi  xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyada “Becoming mother by tne helf of incense and mint without complications”(“Isiriq va yalpiz yordamida asoratsiz onalikka erishish”) mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashganligi  uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yilda  Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi 72-xalqaro yosh olimlar  ilmiy-amaliy konferensiyasida “Becoming mother bu the helf of incense and mint without complications” (“Isiriq va yalpiz yordamida asoratsiz onalikka  erishish”) nomli ma’ruzasi bilan qatnashib,  II  darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yilda Qarshi shahrida ingliz tilini bilish ko‘nikmasi tekshirishning xalqaro tizimi asosidagi tegishli sinov va imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, umumiy ball 5,5; CEFR daraja B2 bo‘lgan  xalqaro toifadagi IELTS sertifikatiga ega bo‘ldi.

2019-yilda AQShning San Fransisko shahrida o‘tkazilgan “Ilm-fanga ko‘prik: ilmiy ishlar” xalqaro konferensiyasida “Xavfsiz onalikka erishishning tabiiy usullari” mavzusidagi  ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan “Tibbiyotdagi  tashxis va davolashdagi innovatsion yondoshuvlar: yosh olimlarning qarashlari” mavzusidagi ilmiy konferensiyada ishtirok etib, “Eng yaxshi  innovatsion g‘oya uchun” nominatsiyasi g‘olibi sifatida sertifikat bilan taqdirlangan.

Shuningdek, “Tabiat ne’matlaridan foydalanib davolash sirlari” nomli ilk ilmiy-ommabop  kitob muallifi hamdir.

Mehrinozning musiqaga ham  mehri o‘zgacha. Andijon tumanidagi 16 – bolalar musiqa va san’at maktabi qoshidagi fortepiyano to‘garagi qatnashchisi bo‘lib, rus, o‘zbek va turk milliy hamda mumtoz musiqalarini mahorat bilan chalishni o‘rgangan. Sportning suzish turida o‘z qobiliyatini namoyon etib, 2019 – 2020-yillari viloyat ochiq birinchiligida 1-o‘rinni egallagan.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladigan bu qiz bemorlarni  tabiiy usulda davolashni maqsad qilgan.

Mehrinozga bundan keyingi ilmiy izlanishlarida barkamollik tilaymiz!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!