alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Men Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘ldim

12:24 03.10.2020

Men, Odinaxon Umarxon qizi Ubaydullayeva Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug‘ilganman. 2020-yil Kosonsoy shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabini “Oltin medal”ga bitirdim. Otam qishloq ho‘jaligi hodimi, onam o‘qituvchi. Oilamizda bir nechta shifokorlar bor – ammalarim Mavludaxon Ubaydullayeva va Fotimaxon Ubaydullayevalar shifokor. Ammajonlarimga havas qilib opam – Dilorom Ubaydullayeva ham Andijon davlat tibbiyot institutining Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishini bitirib, hozirda halq xizmatida mehnat qilmoqdalar.
Opamning ishlarini kuzatib ularga juda havas qildim va men ham ularning izidan borib shifokor bo‘lishga ahd qildim.
Institutga kirishida a’lo baholarga o‘qiganim va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul to‘g‘risidagi Farmoni asos bo‘ldi.
Men biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amho‘rliklar uchun xalqimizga, shaxsan Prezidentimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Kelajakda Andijon davlat tibbiyot instituti muvaffaqiyatli tamomlab xalq uchun sidqidildan hizmat qilaman.

Odinaxon Ubaydullayeva,

ADTI 1-kurs talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!