alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEN DONORMAN” AKSIYASIDA FAOL BO’LAYLIK!

13:02 30.11.2022

Bugun, 30-noyabr kunidan boshlab 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni hamda 3-dekabr –  Butunjahon nogironlar kuni munosabati bilan  Andijon davlat tibbiyot institutida “Men donorman” aksiyasi start oldi. Mazkur aksiya 3 kun davomida bo’lib o’tadi. Uning ilk kunida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faollari, ko’ngilli talabalar ishtirok etdilar. Qon topshirish jarayonlari Viloyat qon quyish stansiyasida bo’lib o’tdi.

Chiroyli tabassum ila shirin so’z aytish va “umid tomchilari”ni taqdim etish orqali bemorlarning hayotga bo’lgan ishonchi va uni yaqinlarining quvonchiga sababchi bo’lish katta baxt. Shu boisdan barchani ushbu aksiyada faol bo’lishga chorlab qolamiz. Bemorlarning dardiga darmon bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha:

18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan;

Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan;

Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!