alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEN SEVGAN ASAR” TANLOVINI E’LON QILAMIZ!

12:23 11.05.2021

Bo‘sh vaqtlaringizni kitob mutolaasi bilan o‘tkazasizmi? Keling, mana shu unumli bo‘sh vaqtingizni rag‘batlantiramiz! Qanday qilib? Bu juda oson. Siz shunchaki biror asarni o‘qiysiz va tanlovda ishtirok etasiz!

Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlar va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish maqsadida “Men sevgan asar” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda institutning barcha xodimlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov sharti oddiy: o‘zingiz o‘qigan 5 ta o‘zbek va jahon adabiyotiga oid badiiy asarlar ro‘yxatini taqdim etasiz.  Tanlov o‘tkaziladigan kun esa hakamlar hay’ati tomonidan mana shu adabiyotlar bo‘yicha 3 ta savol beriladi. Har bir to‘g‘ri va aniq javobingiz uchun 5 ballni qo‘lga kiritasiz.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar institut Axborot-resurs markaziga shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat nusxasi hamda o‘qigan kitoblaringiz ro‘yxati (telefon raqamingizni yozib qo‘yishni unutmang!) bilan murojaat qilishingiz mumkin. Tanlovga xujjat topshirish 2021-yil 12-maydan, 25-maygacha davom etadi. Tanlov esa iyun oyining birinchi haftasida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Shoshiling, bugunning o‘ziyoq biror badiiy asar o‘qishni boshlang! Bu bilan ham bilimingizni, ma’naviyatingizni, ham cho’ntagingizni boyiting!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!