alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MENING BAYROG‘IM — MENING FAXRIM” SHIORI OSTIDAGI TANLOVLARGA START BERILDI!

16:29 14.11.2023

⚡️Ijodkor talabalar diqqatiga! Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Mening bayrog‘im — mening faxrim” shiori ostida quyidagi yo‘nalishlarda tanlovlar o‘tkaziladi.

Bular:

–  Eng yaxshi videorolik;

–  Eng yaxshi rasm;

–  Eng yaxshi insho;

–  Eng yaxshi chellendj tanlovlaridir.

Tanlovlarga ijodiy ishlar qabuli onlayn tarzda 2023-yil 17-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar @adtitanlovbot telegram botida qabul qilinadi.

Tanlovlarga kelgan ijodiy ishlar ekspertlar guruhi tomonidan tekshiriladi va ular tomonidan saralangan, eng yaxshi ijodiy ishlar @adtiuz.rasmiy telegram kanaliga joylanadi.

🏆 Tanlovlarning institut bosqichida yo‘nalishlar bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Videoroliklar tanloviga ijodiy ishlarda talabalarning o‘zlari ishtirok etishlari, kreativ usulda tayyorlashlari hamda 1 daqiqadan 3 daqiqa oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. Ovozlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Musiqaga jamlangan rasmlar slaydi qabul qilinmaydi.

Eng yaxshi rasm tanlovida ishtirokchilar o‘z tasavvurlaridan kelib chiqqan holda, ijodiy yondashgan tarzda “Bayrog‘im – iftixorim” mavzusida rasmlar chizib, qatnashchining o‘zi rasmni ushlagan holda (yoki chizilgan rasmning o‘zini) sifatli suratga tushirib @adtitanlovbot telegram botiga yuborishlari mumkin.

Ekspertlar botga kelgan video va rasmlarni g‘oyasi, kreativligi hamda ijrochining o‘zini ishtirokiga qarab roliklarni tanlab oladi.

Insholar tanlovida ishtirok etish istagidagi talabalar fakultetlar dekanlarining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

Eng yaxshi chellendj tanlovi uchun qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i aks etgan fotosurat va videolarini o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga post shaklida joylagan holda ularning linkini botga yuborishlari kerak bo‘ladi. Postlar soni chegaralanmagan. (foto va videolarning qatnashchi tomonidan tasvirga olinganligi e’tiborga olinadi)

Barcha qatnashchilardan yuborgan ma’lumotlariga ilova shaklida ta’lim olayotgan fakulteti, kursi hamda ism, familiyasini yozib yuborishlari so‘rab qolamiz.

Barcha qatnashchilarga omad yor bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!