alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MILLIY LIBOS – MILLAT QIYOFASI

16:18 29.02.2024

Bugun, 29-fevral kuni Davolash fakulteti tyutorlari va faol talabalari tomonidan milliylikni, milliy liboslarimizni targ‘ib etish maqsadida “Milliy libos – millat qiyofasi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova milliy liboslarning ko‘rki, jozibasi, undagi ranglar uyg ‘unligi va salomatlik uchun ham foydali ekanligi haqida aytib o‘tdi. Atlas, adras va beqasam matolari tariximizni o‘zida aks ettirishini ta’kidladi.

Darhaqiqat, milliy liboslar millat qiyofasi, inson ko’rki, milliy iftixor ifodasidir. Xon atlas, adras va shoyi liboslar esa azaliy an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning ko‘zgusi demakdir.

Shuningdek, tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etilib, she’r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.  Har bir viloyatning o’ziga xos raqslari talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!