alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MILLIY LIBOSLARDA BARHAYOT QADRIYATLAR

15:19 18.03.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti talabalari va tyutorlari hamkorligida “Milliy liboslarda barhayot qadriyatlar” mavzusida  tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova ishtirok etib, o‘zbek xalqining urf-odat, an’analarini o‘zida jam etgan atlas, adras, beqasam matolaridan tikilgan liboslarning betakrorligi va jozibasi haqida so‘z yuritdi. Bu kabi tadbirni tashkil qilganlari uchun  tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng, tadbir davomida talabalar tomonidan milliy-mumtoz kuy-qo‘shiqlarimiz ijro etildi. Jonli tarzda aytilgan “Alla” qo‘shig‘i esa barchani bir zum bolalik chog‘lariga qaytardi. Har bir so‘zida onalar mehri, orzu-umidlari qo‘shib aytiladigan bu qo‘shiq iqtidorli talaba-qiz tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

 

Milliy liboslar namoyishi esa barchani yana bir karra betakror liboslar jilosidan bahramand etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!