alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MILLIY OʼYINLАR – SАLOMАTLIK GАROVI” SHIORI OSTIDАGI REKTOR KUBOGI UCHUN MUSOBAQALAR OʼTKАZILDI

21:54 15.04.2021

Milliy oʼyinlarimiz qadriyat va anaʼnalarimizning timsoli.

Talaba yoshlar orasida milliy oʼyinlarimizni targʼib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Milliy oʼyinlar – salomatlik garovi” shiori ostida rektor kubogi oʼtkazildi.

Unda barcha talabalar qatori rektorimiz M. Madazimov va prorektorlar, professor-oʼqituvchilar ham faol ishtirok etdilar. Аrqon tortish, “Oq terakmi, koʼk terak?”, “Doiradan chiqar”, “Kim kuchli?”, “Quyon qochdi”. “Qiyiq tortish” kabi milliy oʼyinlarimiz maroq bilan oʼynaldi.

 

Quvonarlisi, bu oʼyinlar xorijlik talabalarimizni ham qiziqtirib qoʼydi. Ular ham musobaqalarda kuch va gʼayratlarini namoyish etdilar.

Musobaqa yakunlariga koʼra, 1-oʼrin Pediatriya fakulteti, 2-oʼrin Davolash fakulteti, 3-o’rin Stomatologiya fakulteti, 4-oʼrin esa xorijiy fakultet talabalariga nasib etdi. Rektor tomonidan 1-oʼrin gʼoliblariga rektor kubogi va faol ishtirokchilarga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Milliy o’rinlar rektor boshchiligiada raqslarga ulanib ketdi.

Bu kabi milliy o’yinlar musobaqalari haftaning har payshanba kunlari o’tkaziladi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!