alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MINI FUTBOL SPORT TURIDАGI GʼOLIBLIK “MАHАLLА” JАMOАSIGА NАSIB ETDI

22:15 15.04.2021

Аprel oyi – “Salomatlik oyligi” doirasida talabalarni sportga jalb etish, boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mini futbol sport musobaqasi tashkil etildi. Unda talabalar turar joyi atrofidagi Yangi turmush va Аhmad Yassaviy mahalla fuqarolar yigʼini oʼramida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan birga xorijlik talabalarimiz millionlar oʼyinida bellashdilar.

Oʼyinni rektorimiz M. Madazimov hamda prorektorlar va oʼqituvchi-murabbiylar kuzatib bordilar. Epchillik va chaqqonlikni qoʼldan bermagan “Mahalla” jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. Ularga qimmatbaho esdalik sovgʼalari ham taqdim etildi.

Mahallalardagi uyushmagan yoshlarni ham sportga, birdamlikka jalb qilish maqsadida bu kabi sport musobaqalari yana boshqa mahalla fuqarolar yigʼini hamkorligida oʼtkazilishi rejalashtirilmoqda

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!