alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Moliyaviy faoliyat

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

Abdumannob Ziyayev Shodmonovich

Qabul vaqti:    8.30-16.30 (tushlik 12.00-13.00)

Tel:      (0374)223-94-73

E-mail:            adtimarketing@mail.ru

Manzil:            Andijon  shahar, Yu. Otabekov ko‘chasi 1 uy

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi 48-sonli «Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1998-yil 10-noyabr VII-2107-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 17-fevraldagi 325-sonli buyrug’ini bajarish maqsadida Andijon Davlat tibbiyot instituti rektorining 1998-yil 25-martdagi 106-Sh-sonli buyrug’iga asosan «Marketing xizmati» bo’limi tashkil qilindi.

“Marketing xizmati bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-maydagi 2859-3-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini “ Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi” departamentiga o‘zgartirildi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

BO’LIM TARIXI

Andijon davlat tibbiyot institutida Marketing xizmati bo‘limi 1998-yilda tashkil etilgan va shu davr mobaynida quyidagilar marketing bo‘limi  boshlig‘i lavozimida ishlab kelganlar:

1998-2000 -yil A.Abduraxmonov

2000-2005 -yil Z.A.Qahhorov

2004-2013-yil Z.A.Mamajonov

2013-2014-o’quv yilidan boshlab to hozirgi kunga qadar  Abdumannob Ziyayev Shodmonovich Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi  boshlig‘i etib boshqarib kelmoqda.

BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI

Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi.

Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy sohalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini ) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Bitiruvchilarning amaliyotlarini bo’lg’usi ish joylarida tashkil etishni nazorat qilish.

Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va monitoring tuzadi.

Bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi va pul olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalari bilan shartnomalar tuzadi.

BO’LIM XODIMLARI

A.SH.Ziyayev – Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i.

K.R.Mamarasulov – Bosh mutaxasis.

U.X.Dadajonov – Bosh mutaxasis.

I.A.Yuldasheva – Marketolog

Sog’liqni saqlash boshqarmalari va Davlat  idoralari, tashkilotlari va korxonalari diqqatiga

Andijon Davlat tibbiyot institutida 2021-2022 o’quv yilida Davlat granti va to’lov-kontrakt  asosida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura  yo’nalishlari  bitiruvchilarit haqia ma’lumot (viloyatlar kesimi bo’yicha istiqomat qiluvchilar)

  1. Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha:

Andijon viloyati bo’yicha:

1 Akusherlik va ginekologiya 2 nafar byudjet, 8 nafar kontrakt.
2 Anesteziologiya va reanimatologiya 2 nafar kontrakt.
3 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi 2 nafar kontrakt.
4 Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi 1 nafar byudjet,
5 Bolalar nevrologiyasi 1 nafar byudjet, 2 nafar kontrakt.
6 Bolalar xirurgiyasi
7 Dermatovenerologiya 1 nafar byudjet, 2 nafar kontrakt.
8 Kardiologiya 5 nafar kontrakt.
9 Nevrologiya 1 nafar byudjet, 9 nafar kontrakt.
10 Neyroxirurgiya 1 nafar byudjet, 1 nafar kontrakt.
11 Neonatologiya 1 nafar kontrakt.
12 Otorinolaringologiya 1 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
13 Oftalmologiya 2 nafar byudjet, 2 nafar kontrakt.
14 Pediatriya 2 nafar kontrakt.
15 Psixiatriya 4 nafar byudjet,
16 Sog’liqni saklashni boshqarish va jamoat sog’lig’ini saqlash 1 nafar kontrakt.
17 Tashxisning instrumental va funktsional usullari (yo’nalishlar bo’yicha) 1 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
18 Terapiya 1 nafar byudjet, 4 nafar kontrakt.
19 Travmatologiya va ortopediya 2 nafar kontrakt.
20 Umumiy onkologiya 1 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
21 Urologiya 5 nafar kontrakt.
22 Xirurgiya 1 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
23 Endokrinologiya 1 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
24 Yuqumli kasalliklar (yo’nalishlar bo’yicha) 4 nafar kontrakt.

Farg’ona viloyati bo’yicha:

1 Akusherlik va ginekologiya 1 nafar byudjet, 2 nafar kontrakt.
2 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi 2 nafar byudjet, 3 nafar kontrakt.
3 Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi 1 nafar kontrakt.
4 Bolalar nevrologiyasi
5 Bolalar xirurgiyasi 1 nafar byudjet, 2 nafar kontrakt.
6 Dermatovenerologiya
7 Kardiologiya 1 nafar kontrakt.
8 Narkologiya 1 nafar byudjet,
9 Nevrologiya 1 nafar kontrakt.
10 Neyroxirurgiya 1 nafar kontrakt.
11 Otorinolaringologiya 1 nafar kontrakt.
12 Oftalmologiya 1 nafar kontrakt.
13 Pediatriya 1 nafar byudjet,
14 Psixiatriya 5 nafar byudjet,
15 Terapiya 3 nafar kontrakt.
16 Travmatologiya va ortopediya 1 nafar byudjet, 1 nafar kontrakt.
17 Urologiya 1 nafar byudjet,
18 Xirurgiya 2 nafar kontrakt.
19 Yuqumli kasalliklar (yo’nalishlar bo’yicha) 1 nafar byudjet, 1 nafar kontrakt.

 

                              

Namangan viloyati bo’yicha:

 

1 Akusherlik va ginekologiya 1 nafar kontrakt.
2 Anesteziologiya va reanimatologiya 1 nafar kontrakt.
3 Kardiologiya 1 nafar kontrakt.
4 Morfologiya (yo’nalishlar bo’yicha) 1 nafar byudjet,
5 Neonatologiya 1 nafar byudjet,
6 Otorinolaringologiya 1 nafar kontrakt.
7 Oftalmologiya 1 nafar kontrakt.
8 Tashxisning instrumental va funktsional usullari (yo’nalishlar bo’yicha) 1 nafar kontrakt.
9 Terapiya 2 nafar kontrakt.
10 Umumiy onkologiya 4 nafar kontrakt.
11 Xirurgiya 3 nafar kontrakt.

 

Boshqa  viloyatlar bo’yicha

1 Bolalar nevrologiyasi 1 nafar kontrakt.
2 Kardiologiya 2 nafar kontrakt.
3 Neyroxirurgiya 1 nafar kontrakt.
4 Oftalmologiya 2 nafar kontrakt.
5 Psixiatriya 1 nafar byudjet,
6 Tashxisning instrumental va funktsional usullari (yo’nalishlar bo’yicha) 1 nafar kontrakt.

 

II.Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha:

 

  1. Davolash fakulteti buyicha:

1.Andijon viloyati                           – 16 nafar byudjet,   85 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                           – 19 nafar byudjet,   75 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                       –   6 nafar byudjet,   59 nafar kontrakt.

  1. Surxondaryo viloyati –   1 nafar kontrakt.

5.Qashqadaryo viloyati                               –   2 nafar kontrakt.

  1. Qoraqalpog’iston Res.
    Ellikqala tumani          –   1 nafar kontrakt

7.Toshkent shaxar                           –   2 nafar kontrakt

  1. 2. Pediatriya fakulteti bo’yicha:

1.Andijon viloyati                             – 20 nafar byudjet,   43 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                             – 19 nafar byudjet,   73 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                         –  3 nafar byudjet,    26 nafar kontrakt.

  1. Toshkent shaxar               – 1 nafar byudjet.
  2. Kasb ta’limi yo’nalishi bo’yicha:

1.Andijon viloyati                           – 3 nafar byudjet,  10 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                           – 5 nafar byudjet,  4 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                       – 1 nafar kontrakt.

  1. Stomatoligiya yo’nalishi bo’yicha:

1.Andijon viloyati                           – 10 nafar byudjet,   53 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                           – 9 nafar byudjet,     50 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                       – 9 nafar byudjet,     39 nafar kontrakt.

 

  1. Farmatsiya yo’nalishi buyicha:

1.Andijon viloyati                           –  5 nafar byudjet,   30 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                           –  4 nafar byudjet,   20 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                       –  8 nafar kontrakt.

  1. Surxondaryo viloyati –   2 nafar kontrakt.
  2. Sirdaryo viloyati –   1 nafar kontrakt.
  3. Samarqand viloyati –   3 nafar kontrakt

7.Toshkent shaxar                           –   5 nafar kontrakt

  1. Xorazm viloyat – 2 nafar kontrakt
  2. Jizzax viloyati – 1 nafar kontrakt

10.Buxoro viloyati                                  –   1 nafar kontrakt

  1. Navoiy viloyati – 1 nafar kontrakt

 

  1. Tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi buyicha:

1.Andijon viloyati                             – 11 nafar byudjet,   8  nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                             –  8 nafar byudjet,   24 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                         –  8 nafar byudjet,     5 nafar kontrakt.

  1. Toshkent shaxar               –  1 nafar byudjet.

 

  1. Oliy malakali xamshiralik ishi bo’yicha:

1.Andijon viloyati                            –  11 nafar byudjet,  3 nafar kontrakt.

2.Fargona viloyati                            –   9 nafar kontrakt.

3.Namangan viloyati                        –   4 nafar byudjet,

 

                                                            

Marketing va talabalar
amaliyoti  bo’lim boshlig’i:                                                                                 A. Ziyaev

 

 

 

  Institut  ma’muriyati        Tel: (0374)  223-94-73

Buxgalteriya

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI BUXGALTERIYA BO‘LIMI

    NURDINOV BAXROMJON – BUXGALTERIYA BO‘LIMI                                                                           BOSHLIG’I

 Telefon:      –     (+998 74) 223 94 67

 Elektron pochta:      –     b.nurdinov1952@umail.uz

 Qabul kunlari:          Seshanba – Juma (14:00 – 16:00)   


Andijon davlat tibbiyot instituti bu
хgalteriya bo‘limi tarixi.

 Buхgalteriya bo‘limi institut tashkil topgan kundan, ya’ni 1955 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shu o’tgan davr ichida bo’limga quyidagilar rahbarlik qilgan:

  1. T.Andriyanova 1955 – 1958 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  2. M.Alieva                1958 – 1964 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  3. Muhammedov    1964 – 1968 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  4. Sh.Burxonov    1968 – 1972 yillar mobaynida faoliyat yuritgan
  5. Nurmatova 1972 – 1976 yillar mobaynida faoliyat yuritgan

1976 yildan hozirgi kungacha bosh buxgalter  lavozimida B.N.Nurdinov muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

 Institut buхgalteriya bo‘limi faoliyati haqida.

Institut  buхgaltеriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Buxgaltеriya, qiziqqan tashqi va ichki foydalanuvchilarga institutning moliyaviy-xo’jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni yеtkazish uchun univеrsitеt buxgaltеriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;

Institut  faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o’z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini bеruvchi, institut faoliyatining xo’jalik yuritish shartlari, tuzulmasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kеlib chiqib buхgaltеriya hisobi to’g’risidagi mе’yoriy – hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.

Buхgaltеriya ichki hisobotlari shakllarini, xo’jalik opеratsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo’llaniladigan birlamchi hisob hujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgaltеriya hisobi ish rеjasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;

Invеntarizatsiya o’tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to’g’risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;

hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo’jalik opеratsiyalarini rasmiylashtirishning to’g’riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;

Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo’lgan buxgaltеriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgaltеriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos kеluvchi buhgaltеriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;

Zamonaviy axborot tеxnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progrеssiv shakllari va usullarini qo’llagan holda buxgaltеriya hisobi rеyеstrlarini yuritish bo’yicha ishlarni olib boradi;

Institut  faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va krеdit opеratsiyalari, moliyaviy mablag’lari, matеrial-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar  va mulkni hisobini yuritish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi;

Buxgaltеriya quyidagilarni ta’minlaydi:

Buxgaltеriya hisob raqamlarida xo’jalik opеratsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va xarajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o’z vaqtida aks ettirish;

Soliqlar va yig’imlarni rеspublika, mintaqaviy va mahalliy byudjеtlarga, sug’urta badallarini davlat byudjеtdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to’lovlarni krеdit tashkilotlariga, mablag’larni moliyalashtirish obyеktlariga, mablag’larni ssudalar bo’yicha qarzdorlikni yopish uchun o’z vaqtida o’tkazib bеrish;

Tashkilot tomonidan mеhnat uchun haq to’lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to’lash hisoblarining to’g’riligini, invеntarizatsiya o’tkazishni, buxgaltеriya hisobi va hisobotlar  yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o’tkazilishini nazorat qilish;

Tashkilot ichki auditida buxgaltеriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o’tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;

Institutning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo’naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo’qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan xarajatlarni yo’q qilish;

Moliyaviy va g’azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, yеtishmovchiliklarning, dеbitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo’qotishlarning buxgaltеriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo’yicha ishlar olib borish.

OTM tomonidan davlat xaridlariga oid tuzilagan shartnomalar

Ish xaqini xisoblash va mukofotlarni taksimlash qoidlari

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 20.09.1995 yilda 177-son bilan roʼyxatga olingan “Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish maxsus fondi toʼgʼrisida”gi Nizom hamda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligida 26.02.2016 yil 2431-son bilan roʼyxatga olingan “Oliy va oʼrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarida oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʼlarni taqsimlash toʼgʼrisida”gi Nizomga asosan Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashida 20.06.2019 yilda 153-son bilan roʼyxatga olingan “Аndijon davlat tibbiyot instituti maʼmuriyati hamda kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2019-2021 yillar uchun tuzilgan JАMOА ShАRTNOMАSI”da Аndijon davlat tibbiyot instituti professor-oʼqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni byudjet va byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan mukofotlash, ustama haq belgilash, moddiy ragʼbatlantirish hamda moddiy yordam koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida NIZOM ga asosan taqsimlanadi.

Muassasa budjeti

Аndijon davlat tibbiyot institutida 2019 yilda byudjet mablagʼlari daromad va xarajatlari toʼgʼrisida maʼlumot

2019 yil mobaynida mutaxassis tayyorlash uchun davlat byudjetidan 28 297 424,0 ming soʼm ajratilgan.
Shundan:
— 4111100 (Xodimlar ish xaqlari uchun) 15 199 394,0 ming soʼm
— 4711150 (Xomiladorlik nafaqasi uchun) 40 311,0 ming soʼm
— 4821400 (Talabalar stipendiyasi uchun) 8 394 875,0 ming soʼm
— Jami 1 gurux xarajatlari uchun 23 634 580,0 ming soʼm
— 4121100 (Yagona ijtimoiy toʼlov uchun) 3 722 716 ,0 ming soʼm
— 4121200 (Xodimlarni majburiy sugʼurtasi uchun) 8 621,0 ming soʼm
— Jami 2 gurux xarajatlari uchun 3 731 337,0 ming soʼm
— 4211000 (Respublika xududidagi safar xarajatlari uchun) 105 000,0 ming soʼm
— 4220000 (Kommunal xarajatlar uchun) 231 000,0 ming soʼm
— 4230000 (Joriy taʼmirlash uchun) 36 282,0 ming soʼm
— 4252100 (Tovar moddiy zaxiralar sotib olish uchun) 208 500,0 ming soʼm
— 4252500 (Yoqilgʼi maxsulotlari sotib olish uchun) 17 000,0 ming soʼm
— 4252600 (Koʼmir sotib olish uchun) 50 000,0 ming soʼm
— 4354920 (Kompyuter jixozlari sotib olish uchun) 197 225,0 ming soʼm
— 4292100 (Telefon,telegraf xizmatlari uchun) 6 500,0 ming soʼm
— 4299990 (Boshqa xarajatlar uchun) 80 000,0 ming soʼm
— Jami 4 gurux xarajatlari uchun 931 507,0 ming soʼm
— Umumiy byudjet mablagʼlari boʼyicha 27 820 787,5 ming soʼm xarajat qilingan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!