alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Muhammad Yusuf izdoshlari ADTIda

14:07 28.01.2021

Bugun, 2021 yil 28 yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga shahrimizda joylashgan  Muhammmad Yusuf ijod maktabidan 23 nafar o‘quvchilar tashrif buyurirdilar. Ustozlari boshchiligida ularni institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini v/b A.A.Abduxalimov iliq kutib oldi.


O‘quvchilar orasida Zulfiya davlat mukofotiga o‘z nomzodlarini taqdim etgan qizlar ham mavjud bo‘lib ular prorektorga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar. Uchrashuv davomida o‘quvchi-qizlar Muhammad Yusuf qalamiga mansub bo‘lgan she’rlardan ifoda bilan o‘qib berdilar.

Shundan so‘ng ularni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov boshchiligida institutning Axborot va texnologiyalar markazidagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Simulyatsion markazidagi eksponatlar hamda ARM markazining noyob adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar. Oquvchi yoshlar institut haqida yaxshi taasurotlarga ega bo’ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!