Murabbiylar ota-onalar bilan muloqotda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot insituti davolash fakulteti Murabbiylar  kengashi raisi B.Toshpo‘latov, institut ma’naviyat va ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i A.Abduhalimov va guruh murabbiylari fakultet talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Ota-onalar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot davomida institutda korrupsiya holatlarini oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, talabalar davomati, bilim darajasi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish kabi masallar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quv yilining 1-yarim yilligi yakunida oraliq nazoratlarni shaffoflik va adolatli o‘tishini ta’minlash, talabalarning kiyinish madaniyati, odob-ahloqi hamda ularning qiziqishlari to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Ota-onalar bilan o‘tkazilgan muloqot ta’lim samaradorligini oshirishda, albatta, o‘z samarasini ko‘rsatadi.

  B.X.Toshpo‘latov.

ADTI Davolash fakulteti

Murabbiylar kengashi raisi                                                                              

154