alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUROJAATNOMA – ISTIQBOLIMIZ MAYOG‘I

10:27 25.01.2020

Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kungi  Oliy Majlisga Murojaatnomasini Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talabalari diqqat-e’tibor bilan tingladilar. Murojaatnomada  xalqchil, ochiq-oydin va  ayni muddaoga fikrlar bildirilganligi bilan ahamiyatli  bo‘ldi. Hayotimizning har bir jabhasiga  teran nazar  tashlab, adolatli fikr va takliflar bildirilgan,  ustuvor vazifalar tilga olingan  ushbu murojaatnoma  barchamizni to‘lqinlantirib yubordi.
Prezidentimizning 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlash borasidagi taklifi jamoamizni ruhlantirdi. Institutimiz ilmiy salohiyatini oshirish, kampyuter texnologiyalardan unumli foydalanish borasida bir qator ishlarni amalga oshirayotgan edik, 2020-yilga bunday nomlashi mazkur ishlarimizni yanada rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Yoshlarga qaratilgan e’tibor,  ularni ishga, o‘qishga va tadbirkorlikka  jalb etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan  yoshlarga kamarbasta bo‘lish  muhim vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi. Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik berish, davlat grantlari ikki barabor ko‘paytirilishi, qizlar uchun alohida grantlar ajratilishi, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartirilishi, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilash, har bir oliy ta’lim muassasasi nufuzli chet el universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kabi takliflari alohida e’tirofga loyiq.
Yurtboshimiz tilga olgan vazifalar o‘rtasida  tibbiyot sohasini  rivojlantirish, shifokorlarni o‘qituvchilar kabi jamiyatda mavqeini, obro‘sini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish  sifatini tubdan  yaxshilash masalasi ham  barchamizni quvontirdi. Ayniqsa, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish, ommaviy sportga jalb etish, mahallalarda  sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun  maxsus maydonlar  tashkil etish bo‘yicha  loyihalar  ishlab chiqish  borasidagi  takliflari barchaga ma’qul keldi. Shuningdek, ekologiyani yaxshilash, atrof-muhit  musaffoligini  ta’minlash, yurtimizni  bog‘-rog‘larga aylantirish  borasidagi  fikrlari  ayni dilimizdagi gaplar bo‘ldi.
Muhtaram Prezidentimizning xalq g‘amini, dardini to‘g‘ri anglab, unga malham bo‘lishga, muammolarni o‘z vaqtida  xal etishga qaratilgan  ijtimoiy himoya va moliyaviy loyihalari  hech kimni befarq qoldirmadi. SHu o‘rinda hammani  larzaga solgan mavzulardan biri jamiyatimimizda  korrupsion holatlarning hanuz davom etib kelayotganligi masalasi bo‘ldi. Taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotgan, yovuz illat, bu baloni, oyog‘imizga kishan bo‘lib turgan  illat – korrupsiyadan xalos bo‘lish uchun  barchamiz, keng jamoatchilik  barobar kurashishimiz, bu yo‘nalishda tizimli  komissiya ish olib borishi zarurligi  alohida ta’kidlandi.
Prezidentimiz Murojaatnomasi  istiqbolimizni belgilab beruchi muhim mayoq bo‘ldi, deya ayta olamiz. Bu bizni xalq tinchligi, yurt farovonligi va el salomatligi yo‘lidagi  ezgu ishlarga chorlaydi.

                                    Madaminjon  Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!