alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mustaqil hayot ostonasidagi talabalar bilan ochiq muloqot

16:39 28.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov mustaqil hayot ostonasida turgan pediatriya fakultetining 6-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqotda institut rektori bilan birga pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov, dekan o‘rinbosarlari, kurs mas’ullari ishtirok etishdi. Samimiy muloqot davomida talabalarni o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, bu borada talabalarning fikrlarini tingladi. Institutni tamomlayotgan talabalar institutda olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z mehnat faoliyatida qo‘llay olishi zarurligini  ta’kidlab, 6-kurs talabalaridan institut jamoasining umidi katta ekanligini bildirdi.

Bitiruvchi kurslar qolgan oz fursatdan unumli foydalanib kunlik darslarni o‘zlashtirishi, sohaga oid darsliklarni yig‘ib borishilari, xorijiy tillarni o‘rganishlari zarurligini, shifokorlik kasbini tanlagan inson hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida institut rektori yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlab o‘tar ekan, institut talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi, institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi, 6-kurs talabalariga har bir sohada omad tiladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!