alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIGIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI AMALGA OSHIRISH BOʻYICHA YIGʻILISH OʻTKAZILDI

17:30 02.08.2021

MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIGIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI AMALGA OSHIRISH BOʻYICHA YIGʻILISH OʻTKAZILDI

Barcha tashkilot va muassasalarda davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga tayyorgarlik ishlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Institut professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan insholar, videoroliklar, ijodiy ishlar tanlovlari tashkil etilgan. Ilmiy kengashlar zalida boʻlib oʻtgan bugungi tadbir ham ana shu tanlovlarga talabalarni jalb etish, yozgi taʼtilni samarali oʻtkazishlarida koʻmaklashish borasida fikrlar bildirildi. Xususan, institut rektori M.Madazimov yangi isteʼdodli yoshlarni kashf etishda mazkur tanlov va loyihalarning ahamiyati yuqori ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquv xonalarining bugungi imkoniyati, davlat testi topshirilishida institut xodimlari tomonidan korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etish borasida taklif va mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida inkubatsiya va akseliratsiya markazida davlat tilida xujjat yuritish borasida ham mutaxassislar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!