(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUTAXASSISLAR KO‘RIGI O‘TKAZILDI

16:28 10.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi videoselektor yig‘ilishining 88-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadidagi  “Sog‘liqni saqlash birlamchi tizimini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi” ning 1-yig‘ilish bayoni qarori ijrosi bo‘yicha 10-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Shahrixon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.


Tibbiy ko‘rikda 12 turdagi mutaxassislar – akusher-ginekolog, pediatr, neyroxirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, travmatolog, urolog, endokrinolog ishtirok etishib, ular tomonidan tumanning 314 nafar yetakchi mutaxassislar ko‘ruviga extiyoji bo‘lgan bemorlari ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahatlar berildi.


Tuman aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davom ettirilib, zarur mutaxassislar jalb etilishi davom ettiriladi.

                                                                Davolash (amaliyot) bo‘limi