alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUYASSARXON UMAROVA XOTIRASIGA BAG‘ISHLAB TADBIR O‘TKAZILDI

10:17 01.02.2022

Ustozlarning yodi shogirdlarining qalbidan o‘chmaydi sira. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Muyassarxon Umarovaga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

Unda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, kafedra dotsentlari M.Xodjimuratova, B.Botirova, professor-o‘qituvchilar va ustozning oila a’zolari ishtirok etdi.

Umarova Muyassarxon Avazovna – 1963-yil 13-mart kuni Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 1980-1985-yillarda Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetini tamomlab, 1985-yildan boshlab to umrining oxiriga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti Falsafa kafedrasida o‘qituvchi vazifasida ishlagan. 1994-yilda u “Milliy urf-odatlar va an’analarning jamiyat taraqqiyotidagi roli“ mavzusida dissertatsiya mavzusini muvafaqqiyatli  himoya qilgan.

Tadbir davomida M.Umarovaning kasbiy va insoniylik fazilatlari shogirdlari tomonidan eslandi.  Bugungi kunda ular ustozlarining pand-nasihatlariga amal qilib, yuqori natijalarga erishayotganliklarini faxr bilan ta’kidladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!