alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NAFOSAT”GA BOY QIZLAR NAMOYISHI

17:42 05.02.2021

Siz qanday kiyinishni hush ko‘rasiz? Zamonaviymi yoki milliy liboslarnimi? Har ikkisi ham uyg‘unlashishiga nima deysiz?! O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti va “Xadichayi Kubro” ayollar, qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti xodimlari ishtirokida joriy yilning 3-6 fevral kunlari  viloyatimiz bo‘ylab “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda.



Shaxrixon tumanidagi “Zarra-Zarina” MTT binosida “Yoshlar modasi, an’analar va zamonaviy yo‘nalishlar” mavzusida so‘rovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida milliy va zamonaviy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi rahbarligida institutimizning 10 nafar talaba qizlari ishtirok etishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!