alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NAJOT TAʼLIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT BILIMDA”,- DEYDI PREZIDENT

11:42 29.01.2022

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda sohani kompleks rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi. Sohani tubdan takomillashtirish borasida bir qator vazifalar belgilab olindi, yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham koʻrib chiqildi.

– Umuman, respublika boʻyicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod oʻquvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bogʻliq. Shu bois, bizga sifatli taʼlim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak. Taraqqiyot strategiyasida toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab taʼlimi bilan bogʻliq“.- deydi Davlatimiz rahbari.

Shuningdek, Prezident maktablardagi taʼlim sifati va mazmuniga ham keskin baho berildi.

Yigʻilish davomida oʻqitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha toʻliq qayta koʻrib chiqilishi taʼkidlandi. Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab taʼlimini isloh qilish kengashlari tuzilishi bildirildi.

”Respublika kengashiga shaxsan oʻzim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh boʻladi. Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni oʻqituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz», dedi Prezident.

Shuningdek, kelgusi besh yilda yangi quriladigan va taʼmirlanadigan maktablarning oʻrni, ajratiladigan maktablar, sharoiti va imkoniyatlari borasida ham qatʼiy vazifalar belgilandi. Bu bilan endi viloyat, shahar va tuman hokimliklari shugʻullanadigan boʻldi va Xalq taʼlimi vazirligining qurilishga buyurtmachi boʻlish vakolati tugatildi.

Yigʻilish davomida maktab darsliklari, oʻqituvchilarning malakaviy ish tajribalari, pedagog kadrlarga alohida ahamiyat qaratish lozimligi ham bildirildi.

Maktabda puxta bilim egallagan oʻquvchi oliy taʼlim muassasasida ham oʻz iqtidorini namoyon etib, yuksak marralarni egallaydi. Oʻzi tanlagan sohasida ham munosib, avvalo kerakli kadrga aylanadi. Bu esa barcha sohalarning rivojlanishiga, xalqimizning bugungi kunidan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratiadi.

Ma’lumot va rasmlar Yangi O’zbekiston rasmiy kanalidan olindi

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!