alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Namangan Davlat universitetining tibbiyot fakultetida dastlabki qadam qoʻyildi

17:12 23.08.2021

Namangan Davlat universitetining tibbiyot fakultetida dastlabki qadam qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etilishi va talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida viloyat tibbiyot muassasalariga integratsiyalashtirish, viloyatdagi ilmiy salohiyatli xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish vazifalari belgilangan edi.

Ana shu maqsadda kuni kecha universitetning tibbiyot fakultetiga viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi xodimlari, viloyatning tibbiyot sohasidagi ilmiy darajali, yetuk shifokorlari, Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari prorektori B.Abdullajonov boshchiligidagi institutning professor-oʻqituvchilari tashrif buyurishdi. Mazkur uchrashuv davomida tibbiyot fakultetining istiqboldagi rejalari muhokama qilinib, bajariladigan ishlar oʻzaro kelishib olindi. Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan NamDUning tibbiyot fakultetiga 33 nomdagi 147 nusxa oʻquv darsliklari va 33 ta moduldan darsliklarning elektron jamlanmasi, yaʼni 5000 dona elektron kitoblar taqdim etildi. Eslatib oʻtamiz, joriy yil tibbiyot fakultetiga 50 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilmoqda.

Namangantoday.uz saytidan olindi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!