alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“NAMUNA” MFYDA “YANGI OʻZBEKISTONDA DEMOKRATIK SAYLOVLAR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

19:48 15.09.2021

2021-yil 24-oktabr Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun muhim kun – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovida munosib deb bilgan nomzodga ovoz beradilar. Shu munosabat bilan joylarda targʻibot-tashviqot ishlari hamda davra suhbatlari olib borilmoqda. Andijon shahar 4-sektor xududidagi Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Namuna” MFYda “Yangi Oʻzbekistonda demokratik saylovlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida saylovda ishtirok etish tartibi, saylash madaniyati, saylov jarayoni tartibi, muddatidan oldin ovoz berish, saylash huquqining asosiy prinsplari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlar roʻyxati borasida aholiga maʼlumotlar berib oʻtdilar. Ilk bor ovoz berayotgan yoshlar bilan ham alohida suhbat olb borib, saylovda ishtirok etish tartibi borasida tushuntirib o’tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!