alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAVBATDAGI KENGASH YIG’ILISHIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY HAMDA ILMIY SOHADA FAOL BO’LGANLAR TAQDIRLANDI

14:08 01.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Bosh qomusimizning 30 yilligiga tayyorgarlik va noyabr oyida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yakunlariga bag’ishlangan  ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, professor-o’qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov noyabr oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o’z ma’ruzasini taqdim etdi.

Shuningdek, o’quv yilining o’tgan davri mobaynida bir qator tanlov va konfirensiyalarda faol ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritgan professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar institut rektori M.Madazimov tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qolaversa, Germaniyaning Rostok universiteti rektori, professor Volgand Sharek bilan onlayn muloqot qilinib, unga “Andijon davlat tibbiyot instituti faxriy professori” unvoni berildi.

Yig’ilish davomida kun tartibida belgilangan bir qator masalalar ko’rib chiqilib, vazifalar taqsimlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!