“NAVOIY ZIYOSI” MAVZUSIDA ADABIY KECHA O’TKAZILDI

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, ulkan jamoat arbobi, betakror salohiyat va ma’naviyat sohibi bo‘lgan shaxsdir.Biz ushbu bobokalonimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu yil  «Avliyolarning» avliyosi, «mutafakkirlarning» mutafakkiri, «shoirlarning sultoni», o‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, Alisher Navoiyning 578 yilligi Respublikamizning barcha ta’lim dargohlarida keng miqyosda nishonlanmoqda.

2019-yil 7- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda ana shunday navoiyxonlik kechasi  yuqsak saviyada o‘tkazildi. “Navoiy ziyosi” deb nomlangan tadbirni litsey direktori Feruzaxon Ahmedova ochib berdi.

Akademik litseyning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Gulnoraxon Sohibova  buyuk bobokalonimizning 60 yillik umri davomida o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy voqeliklarini, inson tuyg‘ulari, kamoli va orzu-istaklarini boy adabiy merosida jamlaganligi haqida to‘lqinlanib so‘zladi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari e’tiboriga akademik litsey o‘quvchilari tomonidan shoir asarlaridan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari ijro etilib, g‘azal va ruboiylari o‘qildi.

Adabiy kechada, shuningdek, akademik litseyning iqtidorli talabalari o‘rtasida mutafakkir siymosini chizish bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tanlovda 108-guruh talabasi S. Rasulova1-o‘rinni, 203-guruh talabasi M.Mo‘minjonovlar  2-o‘rinni egalladilar.     

122