alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NAZARIY BILIMDAN – AMALIYOTGA

19:51 09.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 8- sentyabrdagi №-236 sonli buyrug‘i, 2020-2021-o‘quv yili o‘quv jadvaliga asosan davolash, pediatriya, kasb ta’limi (davolash ishi), stomatologiya fakulteti, tibbiy profilaktika, xalq tabobati yo’nalishlari talabalarining qishgi ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti o‘tkazilmoqda. Bunda «Yоshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» yili Davlat dasturini bajarilishida barcha 1-bosqich talabalari karantin qoidalariga to’liq rioya qilingan holda qatnashishlari ta’minlandi. Institutning 24 nafar malakali o‘qituvchilari tanlab olinib, amaliyot rahbarlari vazifasiga qo‘yildi hamda belgilangan amaliyot ob’yektlariga safarbar etildi.

2021-yil 1-fevraldan – 13-fevralgacha talabalar yashash manzillari davolash profilaktika muassasalariga yuborildilar. Talabalar amaliyotini yo‘nalishlari (kichik tibbiy xodim yordamchisi, stomatologiyaga kirish, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi) ixtisosligidan kelib chiqqan holda davolash profilaktika muassasalarida tashkil etildi. Amaliyot davomida har bir talaba amaliyotni nazariya bilan bog‘lab, o‘z ustida ishlashi, malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishi, mavzu asosida adabiyotlardan foydalanib, referatlar yozishi tashkil etilmoqda.
Talabalarni texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qoidalarni bajarishlarini qattiq nazoratga olindi. Ushbu tadbirlar davomida aholi o‘rtasida shaxsiy gigiyena, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik bo‘yicha targ‘ibotlar ham o‘tkazilib borilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!