alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NIKKI HAFEZI INSTITUTNING YANGI QURIB BITKAZILAYOTGAN O‘QUV BINOSI VA INSTITUT KLINIKASI BILAN TANISHDI

15:50 15.03.2024

Bugun, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Shveysariya davlatidagi “Light for sight” jamg‘armasi asoschisi, Toshkentdagi MESCA Foundation-National Eye Institute (Milliy ko‘z instituti) direktori Nikki Hafeziga institutning yangi qurib-bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi va institut klinikasini tanishtirdi.

Unda institut rektori ushbu yangi o‘quv binosida amalga oshirilayotgan ishlar va unda yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy tibbiy-ta’lim texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi haqida aytib o‘tdi. Nikki Hafezi bino dizayni va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori darajada ekanligini e’tirof etdi.

Shuningdek, institut klinikasi bilan bir hududda joylashganligi talabalarning nazariya va amaliyotni birgalikda olib borishlari uchun muhimligini ta’kidladi.

– Men o‘ylaymanki, bu oliy ta’lim muassasasida o‘qib, bilimlarini boyitgan yoshlar kelajakda sohada yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishadi, hamkorlikda ko‘plab ilmiy izlanishlar va yangiliklarni amalga oshiramiz, – dedi, Nikki Hafezi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!